JAMIYАTNING YОSH XODIMLARI O‘RTASIDA “ENG FAOL YОSH KITOBXON-2023” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI
Kitob bu – maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga bo‘lgan munosabatidan yaqqol anglash mumkin. Yosh xodimlarni kitobxonlik darajasini, kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida jamiyatimizning yoshlari o‘rtasida “Eng faol yosh kitobxon-2023” ko‘rik-tanlovi tashkillandi.
Tanlovni jamiyat boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Ko‘rik-tanlovni shaffof tarzda o‘tkazish uchun Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi
Donyor Akbarov, Farg‘ona viloyati Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi axborot kutubxona markazi bosh kutubxonachilari Nodiraxon Qoraboyeva va Mohidilxon Uzoqovalar taklif etildi.
7 nafar xodimlar ishtirokida o‘tgan tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi. Tanlovda O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin”, Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Efram Sevelaning “To‘xtating samolyotni tushib qolaman”, Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma”, Asqad Muxtorning “Chinor”, O‘lmas Umarbekovning “Urush farzandi”, Zahiriddin Mansurning “Toshni teshgan tomchilar”, Abdulla Qaxxorning “Anor” hikoyalar to‘plami va O‘tkir Hoshimovning “Ikki karra ikki besh” qissa va hikoyalar to‘plami kitoblarini o‘qish belgilangan edi. Tanlovda ishtirokchilarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kitoblar bo‘yicha bilimlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Yig‘ilgan ballarga ko‘ra tanlovda 1-o‘rinni Ammiak-3 sexidan Sodiqjon Qodirov, 2-o‘rinni Mochevina ishlab chiqarish sexidan Muxlisaxon Ikromaliyeva hamda 3-o‘rinni DSD sexidan Maxsunaxon Tojiboyevalar egalladilar. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.
Tanlovda qatnashgan boshqa xodimlarga esa faol ishtiroki uchun faxriy yorliqlar va aqilli soatlar in’om etildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati