Ру O`z En

JAMOA SHARTNOMASI TASDIQLANDI

Korxonaning majlislar zalida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda  jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi, amalga oshirilgan natijalari hamda jamoa shartnomasi bajarilishi to‘g‘risidagi dalolatnomani tasdiqlash hamda yangi mehnat kodeksiga muvofiq 2023-2025 yillar uchun jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi.

 Korxonaning 2022-yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotni korxonamiz boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov o‘qib eshittirdi va unda yig‘ilish a’zolariga tovar mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasini bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.   

So‘ng, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov o‘z nutqida kasaba uyushmasi ishchilarga, ularning  mehnat va ijtimoiy manfaatlariga daxldor barcha masalalarida yordam berishga doimiy tayyor bo‘lgan jamoat tashkiloti ekanligini ta’kidlab, jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashining mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri Tursunali Karimov ishtirok etdi. Shu o‘rinda, konferensiyada korxona sex va bo‘limlari ishchi-xodimlaridan saylangan delegatlar qatnashdilar. Ular o‘zlarining chiqarishlarida jamoa shartnomasi tadbirlarini o‘z ish joylarida amalga oshirilayotganligi haqida gapirib berdilar. Munozaralar tugagandan so‘ng, 2022-yilda jamoa shartnomasini bajarilishi qoniqarli deb topildi va 2023-2025 yilga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi umumiy ovoz berish yo‘li orqali tasdiqlanib, mehnat jamoasining konferensiyasining qarori qabul qilindi.

 

“Farg‘onaazot” AJ  matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech