JAMOADA POZITIV FIKRLASHNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI
Mazkur mavzu bo‘yicha joriy yilning 27-mart kuni jamiyatning Xlorat magniy defolianti sexida seminar-trening o‘tkazildi. Trening korxona sexlarida sog‘lom do‘stona muhitni yaratish, jamoada o‘zaro hurmat, birdamlikni mustahkamlash hamda pozitiv fikrlashning muhim ahamiyatlarini xodimlarga yetkazishdan iborat bo‘ldi.
Treningda jamiyat rahbari maslahatchisi, korxona yoshlar Ittifoqi yetakchisi, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis hamda jamiyat psixologi mavzuga oid ma’ruzalar, tushuntirishlar olib bordilar.
Shuningdek, shaxs ma'naviyatini shakllanishida jamoani o‘rni bo‘yicha ham axborotlar berildi.
Dastavval psixolog tomonidan inson ruhiyati, shaxsning ruhiy salomatligi, shaxslararo munosabatlar bo‘yicha qiziqarli malumotlar berildi.
Shundan so‘ng jamoaga pozitiv kayfiyat ulashuvchi, yaxlamalak, malika-shaxzoda, baxt ulashish, zanjir, o‘rin almashtirish, malumotlar almashinuvi kabi psixologik treninglar o‘tkazildi.
Seminar-trening so‘ngida ishchi-xodimlar o‘zlarini baxtli onlaridagi ichki kechinmaliri bo‘yicha o‘rtoqlashdilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati