Ру O`z En

“KIMYOGAR” BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA “YOSH QUTQARUVCHI” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Bugun, “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi, korxonaning Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  hamda  FVB  OYXTTEB  xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Musobaqaning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar chog‘ida to‘g‘ri harakat qilish, turli uskuna va moslamalardan foydalanish, jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, turli  xildagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqishi, shuningdek. sohada  qo‘llanilayotgan  texnikalar  va ularning  imkoniyatlari  to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Tadbir so‘nggida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi faol ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

                                                                  “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech