Ру O`z En

SEMINAR: MODDIY JAVOBGARLIK MAS’ULIYAT TALAB ETADI

Bugun, 15- noyabr kuni korxonada moddiy javobgarlik mas’uliyati, uni to‘g‘ri hujjatlashtirish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda korxonaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va moddiy javobgar xodimlar ishtirok etishdi.

Mazkur seminar jamiyatimizning Yuridik bo‘limi tomonidan tashkil etilib,  xodimlari orasida huquqiy savodxonlikni yanada oshirishni ko‘zlagan. Seminar davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining moddiy javobgarlikka oid normalarini buzishning oqibatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olishdi.

 So‘zga chiqqan ma’ruzachilar ushbu sohani tartibga soluvchi ma’muriy va jinoyat kodekslarining moddalarini batafsil tushuntirib berdilar. Shuningdek,  moddiy javobgarlik sohasida qonunchilikni, hujjat yuritishning barcha xodimlar uchun ahamiyatini ta’kidlab o‘tildi. Ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash  ularga ishlov berish, ularni sotish (chiqarish), tashish, qo‘llash yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish jarayonida o‘z majburiyatini bajarmaganligi, oqibatida yuzaga keladigan javobgarlikka alohida e’tibor qaratish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Seminar ishchan ruhda bo‘lib o‘tdi, yoritilgan mavzu bo‘yicha ma’ruzachilarning mazmunli chiqishlari seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech