Ру O`z En

KADRLAR BILAN ISHLASHDA PSIXOLOGIK TASHXISNI MOHIYATI

Shaxsiy tarkibni xizmat faoliyatlarini samarali tashkillash maqsadida, joriy yilning 14-dekabr kuni korxona psixologi N.A.Ergasheva bilan Kadrlar boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida, Kadrlarni tanlashda e’tibor olinishi kerak bo‘lgan metodlar  hamda Hissiy charchoq sindromi, kasbiy charchash va uning oldini olish mavzularida psixologik-seminar trening bo‘lib o‘tdi.

Ushbu psixologik-treningni o‘tkazishdan maqsad, kadrlarni tanlashda shaffoflik, halollik hamda suhbat jarayonini to‘g‘ri tashkillashdan iboratdir. Suhbat jarayonida berilayotgan savollar va ular orqali aniqlash mumkin bo‘lgan nomzodni xususiyatlarini ko‘rib chiqish. Ishga qabul qilinayotgan nomzodga beriladigan savollar tartibi ham berib o‘tildi. Xodimlar o‘rtasida uchrayotgan hissiy va kasb kasalliklaridagi o‘zgarishlar, oilaviy muammolar bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi. Fuqarolar bilan muloqot jarayonida konfliktlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaxslararo munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shaxslar bilan munosabatda pozitiv holatni shakllantirish bo‘yicha konsultatsiyalar berildi.

 Mazkur tadbirni o‘tkazishni muhimlikligi shuki, ish jarayonida xodimlarni ishga qabul qilishda bir nechta ijtimoiy-psixologik metodlardan foydalangan holda ishga saralash, kadrlarni joy-joyiga qo‘yishda shaxsni psixologik-individual xususiyatlarini e’tiborga olish, ulardagi psixologik-emotsional holatlar ya’ni hissiy-irodaviy tomonlari, qiziqishlariga nazar solish kerakligiga. Bundan tashqari kadrlar sistemasi bo‘yicha telefon orqali suhbatlashish etikasi, xodimni rezyume taqdim etishlarida ma’lumotlarga aniq va to‘liq e’tibor qaratishlari inobatga olinishi kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Tadbir ma’lumotlarga boy va qiziqarli o‘tdi, seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech