Ру O`z En

KAMONDAN O‘Q UZISH BO‘YICHA MAHORAT SABOQLARI HAMDA MUSOBAQA TASHKILLANDI

   Davlat rahbarimizning “Kamondan otish sport turini  yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qiliganidan so‘ng mamlakatimizda kamondan o‘q otish sport turi tobora ommalashib bormoqda.   Bu borada “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati o‘z xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati milliy gvardiyasi qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda kamondan o‘q uzish bo‘yicha mahorat saboqlari va joriy sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi. Musobaqa shartlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati milliy gvardiyasi qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Bekzod Mamatov tanishtirib chiqdi. Unda yuzdan ortiq ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.   Joriy musobaqa ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra, ayollar orasida birinchi faxrli o‘rinni Ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Dilorom Turdieva, ikkinchi o‘rinni Murakkab efirlar sellyulozasi sexi laboranti Nafisa Sobirova, uchinchi o‘rinni esa  Sifat nazorati va standartlashtirish bo‘limi nazoratchisi Nafisa Madaminovalar  egalladilar.   Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rin Soda ishlab chiqarish sexi katta ustasi Baxodir Nabievga, ikkinchi o‘rin Aloqa sexi elektromonteri Oyatillo Ma’murovga hamda uchinchi o‘rin Markazlashtirilgan uskunalar ustaxonasi ustasi Azizbek Abdurazzoqovlarga nasib etdi.    

Musobaqa ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.  G‘oliblar korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

 “Farg‘onaazot”  AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech