Ру O`z En

"KASABA UYUSHMALARI KUNI" BAYRAMI MUNOSABATI BILAN ISHCHI XODIMLAR TAQDIRLANDILAR

Mamlakatimizning har bir korxona, muassasa, oliy ta’lim hattoki, ba’zi-bir hususiy tashkilotlarda ham kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi. Chunki kasaba uyushmalari – o‘z a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishga xizmat qiladi.

  O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tarkibida 32,5 ming boshlang‘ich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 tarmoq kasaba uyushmalari mavjud bo‘lib, uning a’zolarining soni 5,5 mln dan ortiq. Ulardan 2,5 mln.dan ortig‘ini ayollar, 2 mln.dan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va qolgan qismini erkaklar tashkil etadi.

  Barchaga ma’lumki, o‘tgan yili 11 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasining VIII qurultoyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi VIII qurultoyi ishtirokchilariga bayram tabrigini o‘qib eshittirgan edi. Xuddi shu kuni 11 noyabrni «Kasaba uyushmalari kuni» deb belgilash taklifini xam bildirib o‘tgan. Joriy yilda ushbu muhim sanaga ham bir yil to‘ldi.

 Joriy yilda ushbu sanaga barcha kasaba uyushmalari obdon tayyorgarliklar ko‘rib, bayramga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazidilar. Albatta

"Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi tomonidan ham korxonada talaygina tadbirlar tashkillandi. Sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqda g‘oliblar va bir qator syex kasaba uyushmalari faollari kasaba uyushma qo‘mitasining Faxriy yorliqlari va esdalik  sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 Shuningdek, korxona jamoat ishlari va kasaba uyushmasi faoliyatida ko‘p yillik samarali mehnati, mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish, kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh syexlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari taqdirlandilar. AS-72M syexidan Sharifjon Abdiyev, Avtotransport syexidan Qaxramon Tursunov, Elektr ta’minoti syexidan Nuriya Tumparova, Xo‘jalik syexidan Neyla Asanova,

Metall yig‘ish va topshirish syexidan esa Oksana Shokirovalarga faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shu bilan birgalikda korxonamizda faoliyat yuritayotgan 100 nafar ishchi-xodimlarimizga oziq-ovqat to‘plamlari berildi.

   Korxonamiz va viloyatimiz kasaba uyushmalari xodimlari va barcha a’zolarini bugungi bayram munosabati bilan korxonamiz rahbariyati va matbuot xizmati tomonidan qutlab qolamiz! Siz, azizlarga ishlaringizga muvaffakiyatlar va ulkan zafarlar tilab qolamiz!

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech