Ру O`z En

"KASABA UYUSHMALARI KUNI" MUNOSABATI BILAN STOL TENNISI MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 23 noyabr kuni imzolangan Qonunga asosan “11 noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” etib belgilangan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimizning barcha joylarida ushbu sanaga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatida ishchi-xodimlar o‘rtasida joriy yilning 3-5 noyabr kunlari stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa ayollar va erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra 3-noyabr kuni ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda jami 24 nafar ayollar ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexi xamshirasi N.Madalieva, ikkinchi o‘rinni Xlorat magniy defolianti sexi apparatchisi N.Abduraxmonova va uchinchi o‘rinni esa Elektr ta’mioti sexi el.montyori D.Parpieva egalladilar.

4-5 noyabr kuni erkaklar o‘zaro bellashdilar. Bellashuvda 48 – nafar ishtirokchilar qur’a tashladilar va ikki kun kechgan murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra o‘rinlar shu tartibda taqsimlandi:

Birinchi o‘rin – Elektr ta’minoti sexi el.montyori I.Qosimov;

Ikkinchi o‘rin – Elektr ta’minoti sexi katta ustasi X.Qosimov;

Uchinchi o‘rin – Nazorat o‘lchov birliklari va avtomatika sexi boshlig‘i K.Kozakovlarga nasib etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, barcha sovrindorlar 11 noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazish mobaynida korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

 

“Fargonaazot” AJ matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech