KASABA UYUSHMASI QO‘MITASI SEMINARI
Kasaba uyushmalari – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida kasaba uyushmalari a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquq hamda manfaatlarini hamkorlikda amalga oshirish va himoya qilish uchun xizmat qilishi xech kimga sir emas. O‘z huquq va manfaatlari himoyachisi bo‘lmish uyushmaga a’zo bo‘lgan xodimlar qo‘mita bilan yaqindan ish olib boradilar. Shuningdek, uyushmaning amalga oshirayotgan ishlaridan boxabar bo‘lishni afzal ko‘radilar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mutaxassislari tomonidan “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida sex kasaba uyushmalari faollari va ishchi-xodimlari uchun seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.
Seminarga Respublika Kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi F.Soxibov, bosh yuriskonsult A.Xasanbaev, bosh buxgalteri G.Abidova, ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi N.Muzapparova va yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi, yoshlar birlashmasi raisi Sh.Toirovlar tashrif buyurdilar. Seminar tashkilotchilari korxona xodimlariga kasaba uyushmasi faoliyati, uyushma to‘g‘risidagi Qonun va uning prinsiplari, Mehnat kodeksi, a’zolik badali, uning sarfi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berdilar. Shu o‘rinda, uyushma faoliyatini baholar ekanlar, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi naminali uyushmalarda biri ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Korxona kasaba uyushmasi raisi Ilhom Abduvohidov seminar qatnashchilariga joriy yilda xodimlarga uyushma tomonidan ko‘rsatilgan moddiy yordamlar, rag‘batlantirishlar, mehnatga oid munosabatlarini hal etish masalalari bo‘yicha hisobot berib o‘tdi. Korxona xodimlari murojaatlari, kasaba uyushasi a’zolik badallari, budjeti hamda ijtimoiy sug‘urta badallari, jamoa shartnomasi bo‘yicha yaratilgan imtiyozlar, kasaba uyushmalari tizimida yoshlarga berilayotgan e’tibor, “Yoshlarga oid davlat siyosati” kabi mavzularni keng yoritib berdi.
Seminar ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Seminar so‘ngida takliflar muhokama qilinib va berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati