Ру O`z En

“KASB MAHORATI 2023”: “ENG YAXSHI YOSH MAHORATLI ELEKTROMONTYOR”

11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan “Kasb mahorati 2023” ko‘rik-tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Kuni-kecha tanlovning “Eng yaxshi yosh mahoratli elektromontyor” yo‘nalishi o‘tkazildi.

Avvalgi 4 yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlovlar kabi mazkur yo‘nalish ham test sinovlari hamda amaliy mashg‘ulotlar bosqichida o‘tkazildi. 12 nafar jamiyatning yosh elektromontyorlari tadbirda o‘z bilim va ko‘nikmalarini, o‘z kasblariga bo‘lgan muhabbatlarini bellashuv orqali namoyon etdilar.

Odilona tarzida ishtirokchilarni baholab borgan hakamlar hay’ati natijalariga ko‘ra, oliy o‘rin Xlorat magniy defolianti sexi elektromontyori Jasurbek Abdurashidovga, 2-o‘rin Elektr Ta’minoti sexi elektromontyori Abdulhamid Muhammadaliyevga va 3-o‘rin Ammiak-3 sexi elektromontyori Otabek Xasanovga nasib etdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech