Ру O`z En

“KASB MAHORATI 2023”: “ENG YAXSHI YOSH MAHORATLI LABORANT”

Avval ma’lumot berilganidek, “Kasaba uyushmalari kuni”ga bag‘ishlanib jamiyat bo‘ylab o‘tkazilayotgan  “Kasb mahorati 2023” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi yosh mahoratli laborant” yo‘nalishi o‘tkazildi.

Ikki bosqich -  test sinovlari hamda amaliy mashg‘ulotlar bosqichlarida o‘tkazilgan mazkur tanlovda g‘oliblik SA va SKQT sexi laboranti Gavharoy Ibragimovaga, ikkinchi o‘rin SN va SRQ bo‘limi tekshiruvchisi Zarina Sgibnyovaga va uchinchi o‘rin MK laboratoriyasi laboranti Sevaraxon Zokirovaga nasib etdi.

 Eslatib o‘tamiz, bayram munosabati bilan tashkillanayotgan tanlovlarimiz davom etmoqda.

 

“Farg‘onaaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech