Ру O`z En

“KASB MAHORATI – 2024”: “ENG YAXSHI YOSH MAHORATLI LABORANT”

Avval xabar berilganidek, “Kasaba uyushmalari kuni”ga bag‘ishlanib jamiyat bo‘ylab o‘tkazilayotgan  “Kasb mahorati – 2024” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi yosh mahoratli laborant” yo‘nalishi o‘tkazildi.

Ikki bosqich -  test sinovlari hamda amaliy mashg‘ulotlar bosqichlarida o‘tkazilgan mazkur tanlovda g‘oliblikni "Markaziy kimyo laboratoriya" laboranti Nasirova Ra’noxon qo‘lga kiritdi,  ikkinchi o‘rin "Sanitar laboratoriya" laboranti Abdullaeva Zamiraxonga va uchinchi o‘rin "Sifat nazorati va standartlarga rioya qilish bo‘limi" tekshiruvchisi Abdullaeva Go‘zalga nasib etdi.

Barcha sovrindorlarni g‘alaba bilan tabriklab, mehnat faoliyatida yangidan yangi yutuq va omad tilab qolamiz!

Eslatib o‘tamiz, bayram munosabati bilan tashkil etilayotgan tanlovlar davom etadi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech