“KASB MAHORATI” KO‘RIK-TANLOVIGA YO‘NALISHLAR BO‘YICHA START BERILDI
11-noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari” kuni munosabati bilan korxonamizda bir qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, jamiyatda “Kasb mahorati” ko‘rik tanlovi boshlab yuborildi.
Mazkur tanlov doirasida birinchi yo‘nalish - “Eng yaxshi yosh mahoratli NO‘A va A xodimi” bo‘yicha, jamiyatimizning barcha sexlaridan 12 nafar yosh mutaxassislar ishtirok etdi. Tanlov shartlariga ko‘ra ikki bosqichda o‘tkazildi. Ishtirokchilar birinchi bosqichda test sinovlarini yechishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda amaliy mashg‘ulotlar qilishmoqda.
Qizg‘in bahslardan so‘ng, hakamlar hay’ati tomonidan uchinchi o‘rin NO‘A va A sexi xodimi Omonov Zokirjon Shavkatxon o‘g‘li hamda Ammiak-3 sexi xodimi Xalilov Shuxratjon O‘ktamjon o‘g‘liga munosib deb topildi. Ikkinchi o‘rin NO‘A va A sexi xodimi Abduraxmonov Azizbek Axrorjon o‘g‘liga nasib etdi. Mutlaqo g‘oliblikni Soda sexi xodimi Islomqulov Ruslan Ilxomovich qo‘lga qiritdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati