Ру O`z En

“Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi yosh mahoratli payvandchi” tanlovi yakunlandi

Joriy yilning noyabr oyida start berilgan “Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining endigi yo‘nalishi “Eng yaxshi yosh mahoratli payvandchi” tanlovi bo‘ldi.

Mazkur yo‘nalish ham qolgan tanlovlar singari nizomga muvofiq ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqich test sinovlari, ikkinchi bosqich amaliy mashg‘ulotlar tarzida bo‘lib o‘tgan tanlovda 10 nafar yosh payvandchi xodimlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar  tanlovda o‘zlarining sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tanlov judayam qiziqarli va murosasiz kechdi.

Tanlov so‘nggida, hakamlar hay’ati ballarga muvofiq natijalarni e’lon qilishdi. Unga ko‘ra uchinchi o‘rin XMD sexi payvandchisi Farrux Mirzaboyevga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni mexanika ta’mirlash sexi payvandchisi Adxamjon Ibroximov egalladi va mutlaq g‘oliblikni JMT sexi payvandchisi Zuxriddin G‘ofurov  qo'lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz,  “Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining so‘ngi yo‘nalishi “Eng mahoratli yosh chilangarlar” yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi.

 

                                      “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech