Ру O`z En

“Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining yakuniy “Eng yaxshi yosh mahoratli chilangar” yo‘nalishi o‘tkazildi

Ko‘rik-tanlovining so‘nggi yo‘nalishi ham o‘z nihoyasiga yetdi. “Eng yaxshi yosh mahoratli chilangar” yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan tanlovda 9 nafar ishtirokchi bellashdilar.

Ikki bosqichda test sinovlari hamda amaliy mashg‘ulotlar bosqichlarida o‘tkazilgan tanlovda uchinchi o‘rin Bug‘ qozon sexi chilangari Qaxramon Abduxamidovga, ikkinchi o‘rin Avtotransport sexi chilangari Ulug‘bek Sheraliyevga va birinchi o‘rin JMT sexi chilangari No‘monjon Umarovga nasib etdi.

Tanlovda yosh xodimlar o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqlarini, bilim va malakalarini, mahoratlarini hakamlar hay’atiga mohirona namoyon etdilar. Aytib o‘tish joizki, bunday ko‘rik-tanlovlar yoshlarimizni kasbga yo‘naltirish, malakasini oshirish va tajriba almashinishlarida katta o‘rin tutadi.

“Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Shu o‘rinda ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari hamda korxona ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

Barcha ishtirokchi va g‘oliblarni tabriklaymiz va ishchi-xodimlarimiz kelajakda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilab qolamiz!

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech