“KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” DORASIDA “KIMYOGAR” BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish maqsadida, Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan 2024- yil 11-iyun kuni Farg‘ona viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” e’lon qilish bo‘yicha qaror imzolangan. Mazkur oylik doirasida yosh avlodda kibermadaniyatni rivojlantirish uchun jamiyatning “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bolajonlari uchun targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbirda bolajonlarga internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish, virtual firibgarlikdan, tahdidlardan, turli illatlardan himoyalanish, zararli havolalar, salbiy kayfiyatni yuzaga keltiruvchi turli saytlar, yolg‘on, feyk xabarlar domiga tushib qolmaslik uchun immunitet hosil qilish kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Tadbir so‘nggida bolajonlar mavzu bo‘yicha o‘zlarning fikr-mulohazalarini so‘zlab berdilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati