Ру O`z En

KIBERXAVFSIZLIK – ALDOVDAN HIMOYА

Bugun, 24-fevral kuni korxonaning majlislar zalida ishchi-xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Farg‘ona shahar Ichki Ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari, militsiya mayori Alisher Abdumalikov va Doniyor Zuxriddinovlar yig‘ilish qatnashchilariga kiberjinoyatlik to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berishdi. Xususan, virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, bank to‘lov kartalari va boshqa bank rekvizitlaridan mablag‘larni o‘zlashtirish, to‘vlamachilik yo‘llari bilan talon-taroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, bo‘hton, ma’naviy buzuq ma’lumotlarni tarqatish kabi g‘oyalar sababli yuz berayotgan jinoyatlar to‘g‘risida ma’ruzalar qilishdi. Tadbir davomida mavzuga oid videoroliklar qo‘yib ko‘rsatildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan bir qancha savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

 

                                                              “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech