“KIMYOGAR” BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHIDA “DOLZARB 30 KUN” TADBIRI DOIRASIDA AMALIY MASHG’ULOTLAR O‘TKAZILDI
“Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Dolzarb 30 kun” tadbiri “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining MM, XT, AMM va XIChO SX, FM va FV boshqarmalari hamda OBYXTTEB xodimlari va yoshlar ittifoki Kengashi hamkorlikda bolajonlar uchun ko‘rgazmali amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.
Unda soha mutaxassislari tomonidan yong’in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan bolalarga yongʻin xavfsizligi qoidalari, oʻt oʻchirishning birlamchi vositalaridan foydalana olishga oʻrgatish hamda yong‘in o‘chirish avtomobili asbob-anjomlarini ko‘rgazmali namoyishi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda oromgohda favqulodda vaziyat yuzaga kelganida bunday hollarda qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi. Shuningdek gaz niqoblarni taqish normativlarini bajarish bo‘yicha “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasi bolalar o‘rtasida tashkil etildi. Ushbu musobaqada fahrli I, II va III o‘rinlarni egallagan bolajonlarga korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi va yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati