Ру O`z En

“KIMYOGARLAR KUNI” BAYRAMI KENG NISHONLANDI

An’anaga ko‘ra, may oyining oxirgi yakshanbasi yurtimizda va hamdo‘stlik mamlakatlarida kimyo sohasi mutaxassislarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Mazkur sanani “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati xodimlari  tantanali nishonladilar.

Kasb bayramimizni korxonamiz ishchi-xodimlari quvonch bilan kutib oldilar. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasida tashkil etilgan konsert dasturi avvalida jamiyat boshqaruv raisi Dilshod Mannonov barcha xodimlarni bayram bilan tabriklar ekan, korxonamiz ishlab chiqarishi va mamlakatimiz kimyo sanoati rivojiga ulkan muvaffaqiyatlar, barcha kimyogarlarga oilaviy saodat, barqarorlik hamda salomatlik tilab qoldi.

Bayramning taqdirlash marosimida   “Kimyogarlar kuni” munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ hamda korxona tomonidan bir qancha  xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofoti ulashildi. So‘ng konsert dasturi boshlab yuborildi. Unda filarmoniyaning xushovoz xonandalari, go‘zal raqqosalari, so‘z va hazil ustasi Abdurahmon Siddiqov, oʻzbek estradasi xonandasi, bastakor, shoir, O‘zbekiston xalq artisti Otabek Muhammadzohidlar  xodimlar xizmatida bo‘ldilar.  

            

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech