Ру O`z En

“KIMYOGARLAR KUNI” – TANTANALI RAVISHDA NISHONLANDI

Kimyogarlarning eng sevimli bayrami bo‘lmish “Kimyogarlar kuni” jamiyatimiz xodimlari bilan birgalikda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. 

     Bayram Farg‘ona shahrida joylashgan “Sarbon” to‘yxonasida o‘tkazilib, unga 400 ga yaqin xodimlar taklif etildi. Bayram dasturxoni yozildi. O‘yin-kulgular, raqslar ijro etildi.

    Kechani jamiyat boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov o‘zining nutqi bilan ochib berar ekan, barchani kasb bayrami bilan tabriklab, xodimlarni kimyo sanoatiga, korxonamiz rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Shu o‘rinda, jamiyatimiz oxirgi yillarda mahsulotlarimiz jahon bozori rastalarini bezayotganligini, xaridorgirligi ortayotganini va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida katta talab bilan sotilayotganligini g‘urur bilan aytib o‘tdi.  

     “Indorama invest mets” korxonasi bosh mutaxassisi Vivek Arora boshqaruv raisining gaplarini ma’qullagan holda mazkur yilda bu bayramni “Farg‘onaazot” AJ bilan birga nishonlayotganligidan bag‘oyat hursand ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

     So‘ng, 15 nafar uzoq yillardan beri korxonada faoliyat ko‘rsatib, o‘zining fidokorona mehnatlari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan ishchi-xodimlarimiz “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan pul mablag‘i, qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.  

     Taqdirlash nihoyasiga yetgach jamiyat xodimlari  uchun viloyatimiz honandalaridan Sarvarbek Haydarov, “Ansor” guruhi, “Davr” guruhlari qo‘shiqlar kuyladilar, “Qir gullari” ansambli esa o‘zining chiroyli raqslari bilan mehmonlarni shod etdilar. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan honanda Abdulhay Karimovning qo‘shiqlari esa barchaga manzur bo‘ldi. Havaskor skripkachi Qosim Rasulov kuylari esa dillarga oro berdi. Boshlovchi Nilufar Qosimova va Muhiddin Aktamovlar bayram kechasini qizg‘in olib bordilar.

     Eslatib o‘tamiz, korxona ma’muriyati tomonidan barcha korxona ishchi-xodimlari uchun bayram munosabati bilan mukofot pullari taqdim etildi. 

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech