KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARI XALQIMIZ, MAMLAKATIMIZ HAYOTIDAGI ENG MUHIM SIYOSIY JARAYON
Bugun Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida AOKA xodimlari bilan viloyatimizda jurnal va gazetalarda bosh muharrirlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlari bilan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda, joriy yilning 20 iyun kuni Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda Komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqish hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilingan takliflari bilan OAV vakillari tanishtirib o‘tildi.
AOKA boshqarmasi bosh mutaxassislari Bo‘rivoy Omonzoda va Mirzohid Mirzaevlarning so‘zlariga ko‘ra, Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda konstitutsiya islohotlari xalqimiz, mamlakatimiz hayotidagi eng muhim siyosiy jarayon ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Shu o‘rinda, OAV vakillariga bu borada bir necha ko‘rsatmalar berib o‘tilgan. Ushbu ko‘rsatmalar:
- Ko‘rsatmalar - har bir ommaviy axborot vositasi alohida rukn ochib, xalqning konstitutsiyamizga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha fikrlarini berib borishi kerak.
- Bu borada Parlament tomonidan qabul qilingan Qonun loyihasi joylarda muhokama qilinadi. Muhokama jarayonlari OAVlarda keng yoritilishi lozim.
- Muhokamalar jarayonida komissiya a’zolari, deputatlar aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Mana shu uchrashuvlar haqidagi axborotlar, shuningdek, komissiya a’zolari bilan deputatlarning maqolalarini tayyorlab berish kerak.
- Konstitutsiyaviy islohotlarni yoritish bo‘yicha 10 kunlik Mediareja tayyorlanmoqda. Bu joylarga yetkaziladi. Mediarejaning har bir bandi bo‘yicha qilingan ishlar tahlil qilib boriladi.
- Konstitutsiyadagi normalar bilan hududdagi raqamlarni taqqoslab tahliliy materiallar berib borish kerak. Toki xalq konstitutsiyaviy islohotlar natijasida mavjud muammolari hal bo‘lishini his qilsin.
- Har bir nashr, televidenie, radio o‘z sahifalarida va efir vaqtlarida Konstitutsiyaviy komissiyaning telefonlari, elektron manzillarini muntazam ravishda e’lon qilib, xalqni o‘z takliflarini yuborishga da’vat qilib borishi kerak.
- Aholining fikrlarini gazeta-jurnallar sahifalarida yoritish bilan cheklanmay, ularni yig‘ib, internet tarmoqlarida ham e’lon qilish kerak.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati