KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARGA BAG‘ISHLANGAN YOSHLAR YIG‘ILISHI
Xabaringiz bor, mamalakatimizda katta siyosiy jarayon bosh qomusimiz –Konstitutsiyaning yangilanishi bo‘yicha 2023-yil 30-aprel kuni Referendum tashkil etilmoqda. Mazkur Referendumda har bir shaxs o‘zining fuqarolik pozitsiyasini tanlashi, ovoz berishi juda muhim masaladir. Ayniqsa yoshlarni ushbu jarayonda faol ishtirok etishi katta yutuq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Korxona yoshlarini Konstitutsiyaning yangilanishi bo‘yicha boxabar qilish, bu borada ularga to‘liq ma’lumotlar berish, ya’ni, unga kiritiladigan o‘zgartirishlar, yangi moddalar, ularning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish maqsadida, korxonaga Toshkent Davlat Yuridik Universitetining o‘qituvchisi, yuridik fanlari falsafa doktori Elyorbek Raxmatov, Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Akmalbek Alimov, Yoshlar siyosati va sport vazirligi mas’ul xodimi Dilbar Xoljigitovalar tashrif buyurdilar.
Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida, ayniqsa, yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishni rag‘batlantirilishi, shuningdek, yoshlarga oid alohida moddalar kiritilishi natijasida davlat tomonidan yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va ahloqiy jihatdan shakillanishi hamda rivojlanishi, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi to‘g‘risidagi yangi moddalar to‘g‘risida gapirib berdilar.
Jamiyatning majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 200 nafar yosh ishchi-xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish so‘nggida onlayn viktorina o‘tkazildi unda 50dan ortiq korxona xodimlari ishtirok etishdi. Viktorina Konstitutsiyaga kiritilayotgan moddalar va o‘zgartirishlarga bag‘ishlangan bo‘lib, faol qatnashgan va yuqori ballar olgan xodimlar badiy kitoblar bilan taqdirlandilar.
“Farg‘onaaazot” AJ matbuot xizmati