Ру O`z En

KORXONADA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

Bugun “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan o‘tkazish, shuningdek, diniy mutaasiblik va radikallashuvni oldini olish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshliq o‘rinbosari Shavkatjon To‘ychiev, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili, Qirguli mavzesining imom-xatibi Abdunosir Axunov, Farg‘ona shahar IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi terrorizm va ekstremizimga qarshi kurash bo‘limi katta tezkor vakili, katta leytenanti Akbarjon Raxmadjanovlar qatnashib, yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar va keyingi besh yillikka saylanadigan rahbarni tanlash o‘z qo‘limizda ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

 

“Farg’onaazot”AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech