Ру O`z En

KORRUPSIYA-JAMIYAT RIVOJINING TO‘SIG‘IDIR

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida har oyda sex, boshqarma va bo‘limlarda olib borilayotgan “Halollik vaksinasi”, “Korrupsiya – jamiyat rivojining to‘sig‘idir” mavzularidagi profilaktik ishlar ishchi-xodimlarni poraxo‘rlikka qarshi immunitet hosil qilishlariga turtki bo‘lib kelmoqda. Shu o‘rinda, mazkur mavzu borasidagi bilimlarini oshishiga, huquqiy qarashlarini yangilanishiga yo‘l ochmoqda.

        Komplayens nazorat xizmatining iyun oyi rejasiga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurash, uning sabab va oqibatlari to‘g‘risida Ishlab chiqarish boshqarmasi va Qurilish bo‘limida profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazildi. Mavzuga oid Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov va mutaxassisi Qudratjon O‘rinbayevlar so‘z yuritdilar. Shunindek, “Odob-axloq Kodeksi” va masalalari bo‘yicha suhbatlar qurildi. 

     Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi profilaktik tadbirlar jamiyat bo‘ylab davom etmoqda.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech