Ру O`z En

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH OLIB BORISH BO‘YICHA

SEMINAR-TRENING

  Korrupsiya bu - jamiyatni o‘sishini cheklaydigan, insonlar ongini zaharlaydigan, tubanlikka chorlaydigan tuzalmas illat. Korrupsioner insonga jazo muqarrar. Ammo korrupsiyaga qadam qo‘ygan insonni jazolashdan ko‘ra uning oldini olish, bu tuban ishni sodir etilmasligiga chorlash xamma uchun to‘g‘ri yo‘l.

   Ayniqsa o‘sib borayotgan yosh avlodlarga bu illatning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish, kelajagimiz poydevorlarida unga nisbatan bo‘lgan nafratni kuchaytirish xammamizning zimmamizdagi burchimizdir. Korxonamizning majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurash,  unga da’vat etayotgan omillarni o‘rganib chiqish va uning ta’siriga tushgan shaxslarga qaqshatgich zarbalar berish borasida yig‘ilish treningi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Farg‘ona shahar "Muxammad avliyo" masjidi imomi Nosirjon Axunov, Farg‘ona viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Alisher Boboxodjayev, viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi mutaxassisi Elmurod Olimovlar tashrif buyurdilar.

       Viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi mutaxassisi Elmurod Olimov yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilgan farmoni va qarori to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.   

    Farg‘ona shahar "Muxammad avliyo" masjidi imomi Nosirjon Axunov korrupsiyani din qoralashini va bu illatning inson hayoti, kelajagiga ta’siri to‘g‘risida so‘zlab berdi. Yig‘ilish barcha ishtirokchilar bilan ochiq suhbat tarzida bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Takliflar o‘traga tashlandi.

  Yig‘ilish trening korxonamizning yoshlar ittifoqi kengashi va komplaens xizmati tomonidan tashkillandi.

“Fargonaazot” AJ matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech