Ру O`z En

KORRUPSIYANI OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIRLAR

Davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, degan so‘zlariga amal qilgan holda korxona Komplayens nazorat xizmati jamiyatning tarkibiy bo‘linmalarida birin-ketin profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.

        Komplayens nazorat xizmatining “Halollik vaksinasi” va “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish” mavzularidagi tadbirlarining keyingi manzillari Elektr jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexi, bosh energetik bo‘limi, Istiqbolli rivojlanish boshqarmasi, Ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish, strategik rejalashtirish, tannarxni qisqartirish va resurslarni tejash boshqarmasi bo‘ldi.

       Mazkur tadbirlarda Komplayens xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov hamda mutaxassislari Shuxratjon Boboyev, Qudratjon O‘rinbayevlar mavzuga oid tushuntirishlar olib borishmoqda. Shu o‘rinda, jamiyat ichki tartibi, intizomiy masalalarni o‘rtaga tashlashmoqda.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech