Ру O`z En

“KORRUPSIYADAN KELAJAKKA TAHDID”

Mazkur shior ostida poraxo‘rlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiyaga qarshi kurashish, halollikni targ‘ib qilish va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshish kabi g‘oyalarni xodimlar ongiga yanada singdirish maqsadida korxonaning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida yig‘ilish o‘tkazildi. 

    Yig‘ilishga barcha sexlar moddiy javobgar shaxslari taklif etildi. Ularga boshqaruv raisi maslahatchisi E. Abdullayeva, Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘. Jabborov va Yuridik bo‘limi boshliq o‘rinbosari M. Qayumovlar mavzuga oid ma’ruzalar qildilar. Lavozim  mas’uliyati, uni suiiste’mol qilmaslik, undan o‘z  manfaati yo‘lida foydalanmaslik va uning oqibatlari, ularga belgilangan jinoiy javobgarliklar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

     Noqonuniy hujjatlarga imzo chekishdan bosh tortish, jinoyatga, talon-tarojlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tanish-bilishchilikni oldini olish – korxonada adolat hukum surishining asosiy mezoni ekanligi ta’kidlab o‘tildi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech