Ру O`z En

KORXONA XODIMLARI EKOLOGIK AKSIYADA ISHTIROK ETDISHDI

Bahor — bu tabiatning uyg‘onishi va hayotning yangilanishi davri. Aynan shu faslda atrof-muhitga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.

Bugun, 14-mart kuni korxona xodimlari tabiatni chiqindilardan himoya qilish bo‘yicha ekologik aksiyada ishtirok etdilar.

Ushbu ekologik aksiyaning maqsadi jamoatchilikning ekologiya muammolariga e’tiborini jalb qilish, aholini atrof-muhit ifloslanishi bilan kurashish uchun birlashtirish edi.

  Mazkur tadbir korxonaning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Kengashi hamkorligida tashkil etildi.

  Ekologik aksiya davomida korxona atrofidagi hududlar va Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesidagi ko‘chalarda, atrof-muhitning tozaligiga befarq bo‘lmagan xodimlar axlat va boshqa chiqindilarni tozalash ishlarini olib bordilar. Atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida, yig‘ilgan barcha chiqindi saralandi.

Ushbu tadbir orqali korxona xodimlari yana bir bor ona tabiatni saqlash bo‘yicha qat’iy fuqaro pozitsiyasini va ilg‘or ekologik amaliyotlarga sodiqliklarini namoyish etdishdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech