Ру O`z En

KORXONA XODIMLARI O‘RTASIDA “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI HAMDA “YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ” SHIORI OSTIDA O‘TKAZILGAN VIDEOROLIKLAR G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Korxonada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida insholar tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlov korxona komplayens nazorat xizmati va jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda 20 ga yaqin korxona ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi. Barcha insholar hakamlar hay’ati tomonidan mazmun-mohiyati, fikrlash darajasiga ko‘ra tekshirilib, baholab chiqildi. Tanlov natijasiga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Ammiak-3 sexi mexanigi Sherzod Mirzayev, 2-o‘rinni XMD sexi apparatchisi Nozimaxon Abduraxmonova va Ammiak-3 sexi laboranti, Gulnoza Ismatillayevalar, 3-o‘rinni esa Sanitar laboratoriya sexi laboranti Maftuna To‘xtamatovalar egalladilar. Shuningdek, faxriy yorliqlar bilan Sanitar laboratoriya sexi laboranti  Nodiraxon  Alijonova va
AK-72M sexi laboranti Muyassarxon Toshpo‘latovalar taqdirlandilar.

 “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida yosh ishchi-xodimlar o‘rtasida korxona Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan o‘tkazilgan videoroliklar ko‘rik-tanlovida 17 nafar yoshlar ishtirok etgan bo‘lib, ballar natijasiga ko‘ra 1- o‘rin  XMD sexi ishchisi Shoxrux Mamatyusupovga, 2-o‘rin Malakalarni baholash sektori yetakchi mutaxassisi Javlonbek Nurmatovga va 3-o‘rin Aloqa sexi mehnat bo‘yicha texnigi, Shoxsanam Mamayorovaga nasib etdi. SN va SQBT sexi laboranti  Dilnoza Madazimova hamda Sanitar laboratoriya sexi laboranti Zamira Abdullayevalarga faxriy yorliqlar topshirildi.

 Barcha tanlov g‘oliblariga korxona ma’muriyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.  

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech