Ру O`z En

KORXONA YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTINING HISOBOT-SAYLOVI

Jamiyatimiz Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda korxona boshqaruvi raisi boshchiligida jamiyatning yosh ishchi-xodimlari, yoshlar ittifoqi sex yetakchilari, jamoat tashkilotlari, yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

   Hisobot- saylovning kun tartibidan “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi yetakchisining o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kengashi tarkibini saylash, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisini saylash, ittifoq Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi Konferensiyasida ishtirok etish uchun delegatlar saylash mavzulari joy oldi.

    Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar delegatlar tomonidan qo‘l ko‘tarish yo‘li bilan tasdiqlanib borildi. Yig‘ilishda yil davomida kengash tomonidan bajarilgan ishlar hisoboti tinglandi. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisini tayinlash qismida esa bir ovozdan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi sifatida Nurmurod Sirojov saylandi va  tashkilotning 1 yillik ish rejasi tasdiqlanib olindi.   

   Ijtimoiy tarmoqlarda korxona yoshlari fikr-mulohozalari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilib, undan tanlab olingan takliflar yig‘ilishda  shahar Konferensiyasiga berildi. Unda, yoshlar ittifoqi yetakchilari va a’zolari yoshlari 35 yoshgacha uzaytirilishi aytib o‘tildi. Shu o‘rinda, korxona rahbari Dilshod Mannonov tomonidan Nurmurod Sirojovga jamiyat yoshlarini o‘z kasbiga muhabbatini yanada uyg‘otish va malakali mutaxassis bo‘lishlari uchun tadbir va muzokaralar o‘tkazilishi taklifi berildi. Berilgan barcha takliflar yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

      Hisobot-saylov yig‘ilishi so‘nggida, boshlang‘ich tashkilot yetakchisi sifatida qayta saylangan Nurmurod Sirojovga kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov va jamoat tashkilotlari tomonidan ijobiy tilaklar bildirilib, korxona yoshlari bilan birgalikda bundanda yuksak marralarga erishishi aytib o‘tildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ  matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech