KORXONADA “28-APREL - BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Bugun korxonada e’lon qilingan “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” doirasida Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar ittifoqi bilan hamkorligida “Salomatlik uchun 5 000 qadam” sport tadbiri oʻtkazildi.
Sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport tadbiri tashkillandi.
Yurish marafonidan soʻng salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan badantarbiya mashgʻulotlari olib borildi.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati