KORXONADA "DOLZARB 30" KUN DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Yong‘in xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda o‘tkazilayotgan "DOLZARB 30 KUN" tadbirlari jamiyatning MM, XT, AMM va XICHO SX boshqarmasi va OBYXTTEB xodimlari hamkorligida o‘tkazilishi davom etmoqda.
Korxona ishchi-xodimlarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, is gazidan zaharlanishlar gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish yuzasidan profilaktik seminarlar tashkil etilib, ishchi-xodimlarga yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari hamda ularda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar berilib kelmoqda.
Tadbirlar so‘ngida ishchi-xodimlarga sanoat, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha yana bir bor eslatmalar berib o‘tilmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati