KORXONADA ENG YAXSHI YOSH MAHORATLI PAYVANDCHI ANIQLANDI
11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan, shuningdek joriy yil kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yillik yubileyi keng nishonlash maqsadida, korxonada o‘tkazib kelinayotgan “Kasb mahorati 2025” ko‘rik-tanlovining navbatdagi “Eng yaxshi mahoratli payvandchi” yo‘nalishi bo‘yicha tanlovi 30-oktabr kuni, korxonaning Mexanikaviy ta’mirlash sexida o‘tkazildi.
Nizomiga muvofiq, ko‘rik-tanlov ikki bosqichda, birinchi bosqich test sinovlari, ikkinchi bosqich amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazildi. Bu yilgi tanlovda 8 nafar yosh payvandchilar ishtirok etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexi payvandchisi B. Karimov egalladi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Xlorat magniy defolianti sexi payvandchilari F. Mirzabayev va Sh. Obidovlarga nasib etdi.
Barcha sovrindorlarni g‘alaba bilan tabriklaymiz, mehnatda yangidan yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!
Eslatib o‘tamiz, “Kasb mahorati 2025” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati