Ру O`z En

KORXONADA ISHCHI – XODIMLAR UCHUN YARATILGAN IJTIMOIY-MAISHIY SHAROITLAR O‘RGANILMOQDA

Xodimlar bilan muloqot ular muammolarini o‘rganish, o‘z vaqtida hal etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan har qanday masala yechimiga e’tibor qaratish, savolga javob berish, takliflarni o‘rganish orqali nafaqat ish unumdorligini oshirish, balki soha vakillarining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga erishiladi.

Boshqaruv raisining topshirig‘iga binoan, ishchi guruh tuzilib, korxona sexlarida ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, davra suhbatlar o‘tkazish, mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida joriy yilning 23-yanvar kuni Havo ajratish sexi, Markaziy kimyo laboratoriya va Sinov laboratoriyalar kompleksi o‘rganildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida xotin-qizlar kengashining 2023-yil ish rejasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 208-son farmoni hamda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 401-son qarori mazmun mohiyatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatilgan moddiy yordamlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Korxonada ishchi – xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.   

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech