Ру O`z En

KORXONADA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TASHKIL ETILDI

Prezidentimizning 2020 yil 12 avgustdagi 4805 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatiga biriktirilgan umumta’lim maktablari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil  etildi.

  Maktab o‘quvchilari korxona faoliyati bilan tanishib chiqib, mutaxassislar va ustozlari bilan birgalikda jamiyat hududlari, sexlarga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif kimyo sohasiga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarini bilim salohiyatini oshirish, kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan o‘quvchilarni tanishtib chiqishni oz ichiga olgan.

   Shu o‘rinda o‘quvchilar korxona muzeyi, kukbxonasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi bilan tanishtirib chiqildi. Tashrif korxona rahbariyati boshchiligida amalga oshirilib, mutaxassislar tomonidan mahorat darslari ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.

 

“Fargʻonaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech