Ру O`z En

KORXONADA “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI DOIRASIDA KO‘RIK-TANLOV BO‘LIB O‘TDI

Hayotimizda eng qardli, e’zoz shaxs – ona albatta. Ularni mehr kuchlari haqida afsonalar yuradi xatto. Har bir inson uchun, hoh yosh, hoh qari bo‘lsin onalarimiz uchun doimo jajji, erkatoy farzand bo‘lib qolamiz. Shunday ekan, ularni ehtirom qilish bizlar uchun g‘urur va faxrdir.

    Viloyatimizning bаrcha yerlarida o‘tkazib kelinayotgan “Onalarga ehtirom” festivali doirasida “Farg‘onaazot” Ajda ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

   Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari tayyorlangan, onalarga bag‘ishlangan videolavhalari, monolog va she’rlari, shuningdek, raqslarni ijro etishdi. Namoyishlarga qarab qatnashuvchilar baholab borildi. Korxonada 38 yil mobaynida halol mehnat qilganligi uchun Ta’mirlash – qurilish sexi xodimi Mohiraxon Asqarova I  darajali, “Yurt iftig‘orlari” nominatsiyasi bo‘yicha Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobchisi Gulnoza Abdurahmonova II darajali va “Vatan fidoyisi onasi” nominatsiyasi bo‘yicha Mexanika ta’mirlash sexi xodimi Umidaxon Usmanova III – darajali diplom va esdalik sovg‘a bilan taqdirlandilar.

  Shuningdek, monologda onaga bildirilgan eng go‘zal dil izhori uchun Aloqa sexi xodimi Muhammadshukur Xamidjonov, “Eng yaxshi tadbirkor onasi” mavzusida tayyorlangan videolavha uchun Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Bashoratxon Djalilova, “Eng ibratli mehnatkash ona” nominatsiyasida Karbamid sexi ishchisi Mohira Qurbonova, “Eng yaxshi mutaxassislarni tarbiyalagan ona” nominatsiyasida Aloqa sexi xodimi Hursanoy Qodirova va AS-72M sexi xodimi Zulfiya Ibragimova, “Eng namunali ona” nominatsiyasida uzoq yillar davomida AK-72 M sexida laborant lavozimida ishlab kelayotgan hamda uch farzandning onasi  Xolisxon Ibragimovalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

    Ko‘rik – tanlov yakunida jamiyat kasaba qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov so‘zga chiqdi va mazkur so‘zlarni aytib o‘tdi:

- Onalarni, ayol zotini e’zozlash yurtimizda azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad ham dunyo beshigini tebratuvchi, oqila onajonlarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni namoyon etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongi shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini ado etish, ularni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirishga ko‘maklashishdan iboratdir. Qolaversa, ushbu tadbir 15-may — Xalqaro oila kunida o‘tkazilayotgani ham ramziy ma’no kasb etadi, chunki ota-ona oila boshida turadi.


“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech