Ру O`z En

KORXONADA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILMOQDA

Korxonamizning MM, XT, AMM va XIChO SX boshqarmasi xodimlari  tomonidan “Nostandart vaziyatlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida doimiy ravishda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

  • Mashg‘ulotlar jamiyatning sex va boshqarmalarida birin ketin olib borilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari yozma "Anketa varaqalari" shaklida o‘tkazilib, unda nostandart vaziyatlardagi holatlar bo‘yicha savol beriladi, so‘ngra individual yozma javob uchun vaqt beriladi. Yakuniy xulosalar chiqariladi va ushbu nostandart vaziyatlarning paydo bo‘lishining sabablari va mahalliylashtirish va tugatish bo‘yicha xodimlarining harakatlari to‘g‘ri yoki yo‘qligi, shuningdek, kelajakda shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha tahlil qilinadi – deydi MM,XT, AMM va XIChO SX boshqarma yetakchi mutaxassisi Fazliddin Sotibaldiev.

  Eslatib o‘tamiz, jamiyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari ishchi-xodimlarimizning nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri xatti-harakatlar sodir etib, turli xil ko‘ngilsizliklarni oldini olishda katta xizmat qiladi.   

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech