Korxonalarida savdo va xarid qilish tartib-taomillariga qat’iy rioya etish: KORRUPSIYАGA QARSHI KURASH USTUVOR VAZIFA
Bugun, 26-iyun kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan videkonferensaloqa shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi, jamiyat tarkibiga kiruvchi korxona rahbarlari, bosh mutaxassislari, korxonaning tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishtirok etishdi.
Mazkur yig‘ilishda tarmoq korxonalarida savdo va xarid qilish tartib-taomillariga qat’iy rioya etish va ushbu sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga bag‘ishlandi. Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor bo‘lishi yig‘ilishda ta’kidlandi.
Tabiiyki yig‘ilishda “Farg‘onaazot” AJ rahbariyati ham ishtirok etdi. Yig‘ilish yakuniga yetganidan so‘ng, korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov mazkur mavzular bo‘yicha xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati