Ру O`z En

KORXONAMIZDA “AVTOMOBIL TRANSPORTI XODIMLARI KUNI” KENG NISHONLANDI

   Tong sahardan kun botgunga qadar kimdir ishga, kimdir o‘qishga yana kimdir esa farzandlari, oila a’zolari yoki yaqinlari diydoriga oshiqayotganida uzog‘ni yaqin,  mushkulini oson qiladigan avtomobil transport xodimlari xizmatlari bizlar uchun qadrlidir. Ular beminnat erta-yu kech, tinim bilmay olib borayotgan ishlari uchun el-yurt ardog‘idadurlar. Shunday ekan ularning bayramlari har yili mamlakatimiz bo‘ylab tantanali ravishda nishonlanib keladi.

   Avtomobil  transporti  xodimlari  kunini butun Respublikamiz nishonlayotgan bir paytda “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatida ham ko‘tarinki kayfiyatda bayram dasturxoni yozildi. Bayramga korxonamiz avtotransport sexi xodimlari va mehnat faxriylari, sex boshliqlari taklif etildi. Bayramni korxonamiz boshqaruv raisi Abdupatto Salijanov o‘z tabrik so‘zi bilan ochib berdi.  U o‘z nutqida barcha avtomobil transporti xodimlarini kasb bayramlari bilan chin qalbdan qutlab, ularga kelajakda omadlar tiladi. Shuningdek, jamiyatimizda uzoq yillardan buyon avtotransport vositasini boshqarib faoliyat yuritib kelayotgan faol xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlarni topshirdi.

      Ta’kidlash joizki, bayram munosabati bilan korxonamizning avtotransport sexiga foydalanish uchun yangi xarid qilingan yettita ISUZU rusumli yuk va mahsus transport vositalari topshirildi.

  • Bizlarning kasb bayramimiz munosabati bilan tashkillangan chiroyli bayram dasturxoni va e’tirof uchun korxonamiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Barcha xodimlarimiz bayramni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlamoqdalar – deydi avtotransport sexi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Abdullaev.

    Fursatdan foydalanib respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha avtomobil  transporti  xodimlarini kasb bayramlari bilan jamiyatimiz va matbuot xizmati tomonidan tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda yangi zafarlar tilab qolamiz!

 

 

“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech