KORXONAMIZDA “AVTOMOBILSIZ KUN” O‘TKAZILDI
O‘zbekistonda bu aksiyani har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazishga qaror qilingan. Mazkur oyda Ekologiya vazirligi tomonidan boshqa idoralar bilan birgalikda 25-sentabr, chorshanba kuni Toshkent, Nukus shaharlari va respublika viloyatlari ma’muriy markazlarida “Avtomobilsiz kun” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib korxonamiz ischi-xodimlari ham chetda qolmasdan faol qatnashmoqda.
Mazkur tadbir Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhit muhofazasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.
Shuningdek, “Shahar insonlar uchun maskan, hayot uchun maskan” shiori ostida butunjahon avtomobilsiz kunida korxona ischi-xodimlari jamiyat va tutash hududlarida harakatlanish uchun avtomobillardan emas, velosiped kabi transport vositalaridan foydalanishdi yoki piyoda yurishdi.
Hurmatli ischi-xodimlar, siz ham har oyda kamida bir kun avtomobilingizdan voz kechib, jamoat transportidan yoki velosipeddan foydalansangiz, shaharlarimiz havosi ifloslanishini kamaytirish va sifatini yaxshilashga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
"Farg‘onaazot" AJ matbuot xizmati