Ру O`z En

KORXONAMIZDA “DOLZARB 30 KUN” DAVOM ETMOQDA

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan respublikamiz bo‘ylab 10-iyuldan 10-avgustga qadar yong‘in  xavfsizligini  ta’minlash  bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan “Dolzarb  30  kun”  tadbirlari  “Farg‘onaazot” AJda boshlab yuborilgan edi. Mavzuga oid tadbirlardan biri bugun, 26-iyul kuni korxonaning mutasaddi boshqarmalari tomonidan o‘tkazildi.

      Jamiyatning MM, XT, AMM va XICHO SX,  FM va FV  boshqarmalari  hamda  OBYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda  korxonaning  1-sanoat  maydonida ishchi-xodimlar ishtirokida ko‘rgazmali  profilaktik  tadbir  tashkillandi. Mazkur tadbirda tashkilotchilar tomonidan yong‘inlar  va  turli  xildagi  favqulodda vaziyatlarning  kelib  chiqishi  hamda  ushbu holatlarda  qanday  harakatlarni  amalga  oshirish  kerakligi  to‘g‘risida  yo‘l-yo‘riqlar  berildi.

      Shuningdek,  tadbir  davomida   ishchi-xodimlarning  bilim  va  ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida  yong‘in  o‘chirish  mashg‘uloti  o‘tkazilib,  sohada  qo‘llanilayotgan  texnikalar  va  ularning  imkoniyatlari  namoyish  etildi. Tadbir  so‘ngida  ishchi-xodimlarga  sanoat  va  texnika  xavfsizligi  qoidalariga  rioya  etish  bo‘yicha  yana  bir  bor  eslatmalar  berib  o‘tildi.

     Eslatib o‘tamiz, “Yong‘in  xavfsizligi  oyligi” ni  namunali  va  xavfsiz  o‘tkazish  bo‘yicha  ishlar  davom  etmoqda.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech