Ру O`z En

KORXONAMIZDA O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI ISHTIROKIDA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

    Mazkur konferensiya xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tajriba almashish kabi mavzularni o‘z ichiga olgan.

          Konferensiyada so‘z olgan korxona boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashrif buyurgan mutaxassislari hamda jamiyatimiz xodimlariga amalga oshirilgan ishlar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shu o‘rinda, korxonada barpo etilgan O‘quv markazida yaratilgan sharoitlar, amaldagi ishlar bilan konferensiya mehmonlarini tanishtirib o‘tdi.  

          So‘ng, federatsiya vakillari markazni ko‘zdan kechirish uchun taklif etildilar. O‘quv markazi bilan tanishib chiqqan federatsiya vakillari bu borada o‘z fikrlarini bildirar ekanlar markaz faoliyatini yuqori baholadilar.

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qobil Qirg‘izaliyev konferensiyani yuqori saviyada tashkillagan korxona rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

 

FargonaazotAJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech