Ру O`z En

KORXONAMIZDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA VA ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR YO‘NALISHIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BILAN YAQINDAN TANISHISH MAQSADIDA VILOYAT MAS’ULLARI TASHRIF BUYURDI

Bugun, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov korxonamizga tashrif buyurib, qayta tiklanuvchi energiya va energiya tejovchi texnologiyalar yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Tashrif buyurgan mehmonlarni korxona boshqaruv raisi Dilshod Mannonov kutib oldi hamda jamiyatda 2021-2024 yillar davomida umumiy quvvati 238 kVt bo‘lgan quyosh foto elektrostansiyalar ishga tushirilganligini ta’kidlab buning natijasida korxonada 351,5 MVt elektr energiya iqtisod qilishga erishilganligi haqida axborot berdi.

Shuningdek, ayni kunlarda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish dasturi doirasida loyiha qiymati 60 mlrd. so‘mlik umumiy quvvati
10 000 MVt bo‘lgan quyosh foto elektrostansiyasini o‘rnatish ishlariga kirishilganligi va ushbu quvvatni ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga
19 740,86 MVt elektr energiya iqtisod etilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari energiya tejovchi texnologiyalar iqtisodiy manfaatdorlikni oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab, yangi loyihani ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech