Ру O`z En

KORXONAMIZDA "YASHIL YILLIK" UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA BARDAVOM ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

  Barchamizga ma’lumki, Davlat rahbarimiz 1 mart sanasidan «Yashil yillik» umummilliy loyihasi boshlanishini ma’lum qildi. Joriy yil bahor mavsumida mamlakatimiz bo‘ylab «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilmoqda.

Ayni kunlarda ushbu loyiha keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus ko‘p millatli korxonamiz jamoasini ham bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Jamiyat hududlarida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in pallaga kirdi.

“Yashil yillik” umummilliy loyihasi doirasida  jamiyatimiz ishchi-xodimlari bilan birgalikda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining "Farg‘onaazot" AJni qo‘riqlash bo‘yicha batalyon 1-otryadi xodimlari ham korxonaga tegishli bo‘lgan  hududlarga daraxt ekish tadbirini jadal amalga oshirishmoqda.

 

"Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech