Ру O`z En

KORXONAMIZGA SVERDLOVSK VILOYATI RASMIYLARI VA ISHBILARMON DOIRALARI VAKILLARIDAN IBORAT DEYLEGATSYASI TASHRIF BUYURDI

Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Dmitriy Ionin boshchiligidagi rasmiylar va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya Farg‘ona viloyatiga ikki kunlik tashrifi doirasida, joriy yilning 25-aprel kuni “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad korxona faoliyati bilan yakindan tanishish, mavjud imkoniyatlarini o‘rganish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.

Delegatsiyani korxona rahbariyati va mas’ul xodimlari qabul qildi. Ishbilarmonlik ruhida o‘tgan uchrashuvda mehmonlarga korxonaning ishlab chiqarish salohiyati namoyish etildi. O‘z navbatida mehmonlar Sverdlovsk viloyatida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari, yangi ishlanmalar va xizmatlar bilan tanishtirdi. Uchrashuvda hamkorlik qilish va hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech