Ру O`z En

KORXONANING KOMPLAYENS NAZORAT XIZMATINING MART OYIDA AMALGA OSHIRGAN PROFILAKTIK ISHLARI

Jamiyatimizda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, ishchi-xodimlarda korrupsiyaviy holatlarning barcha ko‘rinishlariga qat’iy chidamsizlik ruhiyatini shakllantirish, xizmatchilar manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash kabi yuksak g‘oyalarni ilgari surish maqsadida Komplayens nazorat xizmati tomonidan doimiy ravishda profilaktik ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

     Jumladan, mart oyi ichida “Halollik vaksianasi” tamoyili,  “Korrupsiyaga qarshi kurash-davr talabi” hamda “Korrupsiya – jamiyat rivojlanishiga to‘siqdir” shiorlari ostida Mexanik ta’mirlash, Ta’mirlash qurilish, Qutqaruv xizmati va Sanitar laboratoriyasi, Elektr jihozlarni markazlashgan jihozlash, Sirka angidridi va sirka kislotasini qayta ishlash sexida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

     Profilaktik tadbirlarda Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov va Shuhrat Boboyevlar xodimlarga korrupsiya illati va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar olib borishmoqda.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech