Ру O`z En

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAVZUSIGA BAGʻISHLANGAN SEMINARLAR OʻTKAZILDI

Mazkur seminarlar is gazidan zaharlanish, birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligini taʻminlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalarini o‘z ichiga oldi.

Korxonamizning I va II ishlab chiqarish maydonlarida bo‘lib o‘tgan bu seminarlarda MM, XT, AMM va XICHO SX boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Fazliddin Sotibaldiyev amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilinishi muammolarini o‘rganish, tegishli vazifalar belgilanishi, korxonaning har bir ishchisi ish joyi yo‘riqnomasi, barcha talablar, doimiy texnologik qoidalar, ish joyi boʻyicha ish normasi va qoidalariga amal qilish yuzasidan korxona ko‘rsatmalariga rioya qilishi kerakligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.  

Seminarda “Farg‘onaazot” AJ ob’yektlari binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Anvar Axunov so‘zga chiqib, yong‘in xavfsizligi, korxonada birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va maxsus o‘t o‘chirish tizimlari haqida gapirdi.

Anvar Axunov o‘quv seminarini tashkil etishdan maqsad – yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʻiy rioya etilishini ta’minlashdan iborat bo‘lib, ushbu masalada ishchi-xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish muhim masalalardan biri ekanligini qayd  etdi.

Seminarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga e’tiborsiz va beparvo bo‘lish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar misollar yordamida tushuntirildi. MM, XT, AMM va XICHO SX boshqarmasi mutaxassislari korxona hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in kelib chiqishi oldini olish va oʻt oʻchirish ishlarini tezkor tashkil etish va nazorat qilish to‘g‘risida ham gapirildi.

 Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, bildirilgan fikr-mulohazalar eʻtiborga olindi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech