Ру O`z En

“KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Xavfli   ichlab  chiqarish  obyektlarida   yong‘inlar  profilaktikasi  samaradorligini  oshirish,  sanoat  va  yong‘in  xavfsizligini  ta‘minlash maqsadida, jamiyatimizning  Sanoat  xavsizligi  boshqarmasi  va  OBYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda 2023 – 2024- yillardagi  kuz-qish  mavsumini  betalofat  o‘tkazish, yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar  va  yong‘inlar,  is  gazidan  zaharlanishlar,  gaz-havo  aralashmasining  chaqnashi  kabi  ko‘ngilsiz  holatlarni  oldini  olish  yuzasidan jamiyatning sex va boshqarmalari xodimlari ishtirokida  profilaktik  tadbir  hamda  ko‘rgazmali  texnikalar  namoyishi  tashkil  etildi.    
         
Tadbirda  soha mutaxassislari tomonidan ishchi-xodimlarga  yong‘inlar  va  turli  xildagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqish  sabablari  va mazkur holatlarda qanday  harakatlarni  amalga  oshirish  kerakligi  to‘g‘risida  suhbatlar o‘tkazilib, ko‘rsatmalar berib o‘tildi.  Tadbir  so‘nggida  ishchi-xodimlar  sanoat, texnika  va  yong‘in  xavfsizligi  qoidalariga  qat’iy  rioya  etishlari  bo‘yicha  yana  bir  bor  eslatmalar  berib  o‘tildi.


Fargonaazot AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech