MADANIYАT VA SAN’AT UCHRASHUVI
“Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvning keyingi manzili, O‘zbekiston Respublikasi Davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi bo‘ldi.
Unda, Erkin Komilov, Yodgor Sadiev, Muqaddas Holiqova, Yoqub Axmedovlar kabi Respublikamiz hamda viloyatimiz san’atining zabardast vakillari “Farg‘onaazot” AJning ishchi-xodimlari bilan uchrashdilar. Madaniyat, san’at namoyandalari san’at shinavandalariga konsert dasturi doirasida teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy suhbatlar uyushtirdilar. Shu o‘rinda, ularning Vatanni, ona yurtni, tinchlikni tarannum etuvchi diltortar kuy-qo‘shiqlar, yig‘ilganlarning ularga hamohang raqslari uchrashuvga madaniyat va san’at bayrami shukuhini berdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati